Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov farmoni bilan yordam sifatida yuborilgan bepul suyultirilgan gaz ortilgan vagonlar 19 fevral kuni O`zbekistonga etib keldi. Bu haqda "Hududgazta`minot" matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat o`rtasidagi yaxshi qo`shnichilik, do`stlik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, O`zbekistonni do`stona va birodarlik bilan qo`llab-quvvatlash maqsadida yuborilgan gaz Qoraqalpog`iston aholisiga tarqatilmoqda.






