2023 yil 30 yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YaIDXP orqali olish mumkin.
Buning uchun my.gov.uz orqali buyurtma berilib, unda:
- bo`sh qatorlar o`zingizga tegishli shaxsiy ma`lumotlar bilan to`ldiriladi;
- tegishli bandlar tanlanadi;
- yangi haydovchilik guvohnomasi etkazib beriladigan manzil ko`rsatiladi;
- mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo`yiladi;
So`nggi qadamda invoys shakllantirilib, BHMning 70 foizi (210 ming so`m) miqdorida, pochta xizmati uchun esa 25 ming so`m to`lanadi.
Markaz xodimi buyurtmani ko`rib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.
Guvohnoma pochta xizmati tomonidan 2 ish kunida manzil bo`yicha etkaziladi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talon olinib, yangisi beriladi.
Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni DXMga topshiradi.