AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways bahor-yoz jadvaliga o`tmoqda

'Uzbekistan Airways bahor-yoz jadvaliga o`tmoqda'ning rasmi

Kompaniya Matbuot xizmati xabar berishicha,  yangi jadval 2023 yil 26 martdan 28 oktyabrgacha amal qiladi.

Mazkur mavsumda aviakompaniya 70 ta yo`nalishda parvoz qiladi, jumladan, Rossiyaning 40 ta, MDH davlatlari va uzoq xorijdagi shaharlarga 30 ta yo`nalish bo`yicha. Yangi mavsumda aviakompaniya Nyu-York, Frankfurt, Riga, Tel-Aviv, Baku, Tbilisi kabi xalqaro yo`nalishlarda aviaqatnovlar sonini oshirmoqda.

Istanbul, Dubay, Riga, Moskva, Olmaota, Ostona, Dushanbe, Bishkek, Baku, Minsk, Dehli, London, Seul, Kuala-Lumpur va boshqa shaharlarga xalqaro aviaqatnovlar an`anaviy tarzda Toshkentdan amalga oshiriladi.

Shuningdek, aviakompaniya Milan, Parij, Rossiya shaharlaridan Orenburg, Nijnevartovsk, Omsk, Nijniy Novgorodga parvozlarni yo`lga qo`yadi.

 

    Boshqa yangiliklar