AsosiyDunyo

Turkiyada noma`lum murdalar kimsasiz qabristonlarga dafn etilayotgani rad etildi

'Turkiyada noma`lum murdalar kimsasiz qabristonlarga dafn etilayotgani rad etildi'ning rasmi

Ayrim ommaviy axborot vositalarida Turkiyada zilzila qurbonlari orasida shaxsi aniqlanmagan murdalar kimsasiz qabristonlarga ko`milayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Turkiya respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikasiyalar boshqarmasi ushbu xabarlarni rad etdi. 

Ta`kidlanishicha, zilzila sabab halok bo`lganlarning shaxsini aniqlash sinchkovlik bilan amalga oshirilib, jasadlari zudlik bilan yaqinlariga etkazilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davomida topilgan va shaxsini aniqlash imkoni bo`lmagan jasadlar uchun shaxsini aniqlash maqsadida maxsus fotosuratlar olinib, barmoq izlari va DNK namunalari olingandan so`ng murdaga raqam beriladi va qayd qilinadi. Jasadlarning dafn etilish ruxsatnomasi rasmiylashtirilganidan so`ng, joy va qabriston raqamlanib, bayonnoma bilan qayd qilinadi va jasad dafn etiladi. Keyinchalik uning qarindoshlari chiqsa barmoq izlari va DNK namunalari orqali shaxsiga aniqlik kiritilib, qabrga uning nomi yoziladi.

    Boshqa yangiliklar