Prezident raisligida raqamlashtirish bo`yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
So`nggi uch yilda IT sohasiga qaratilgan jiddiy e`tibor natijasida ma`lum o`zgarishlarga erishilgani ta`kidlandi.
Masalan, o`tgan yilda IT Park rezidentlari 5 trillion so`mlik xizmatlar ko`rsatdi (2021 yilda 2,5 trillion so`m), 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qildi (2021 yilda 50 million dollar).
Shu bilan birga, mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o`tkazilib, bu xizmatlardan o`tgan yili 12 million aholi foydalandi (2021 yilda 9 million bo`lgan).
Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi ma`lumot va hujjatlar aholidan talab qilinishi bekor qilindi.