AsosiyJamiyat

Prezident 086 "cpravka” olish tizimi raqamlashtirilmaganini tanqid qildi

'Prezident 086 "cpravka” olish tizimi raqamlashtirilmaganini tanqid qildi'ning rasmi

Avvalroq, Prezident raisligida raqamlashtirish bo`yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlangani haqida xabar bergan edik. 

Yig`ilishda aholi eng ko`p murojaat qiladigan ichki ishlar idoralarida 34 ta, adliya idoralarida 32 ta, “O`zstandart”da 29 ta, sog`liqni saqlashda 11 ta xizmat elektron shaklga o`tkazilmagani qayd etildi.

Misol uchun, ishga yoki o`qishga kirish, haydovchilik guvohnomasini olishda kerak bo`ladigan “086-shakl” tibbiy ma`lumotnomani olish uchun odamlar har safar poliklinikaga murojaat qilishga majbur.

Erlarni xususiylashtirish uchun murojaat onlayn beriladi. Ammo kommunal sohadagi ma`lumotlar raqamlashmagani bois, keyingi bosqichlar baribir “qo`lda” qilinmoqda.  

Yoki, yiliga 300 mingdan ziyod xaridor yangi mashina sotib oladi. Lekin, ro`yxatdan o`tish va davlat raqami olish uchun haligacha yo`l harakati xavfsizligi xizmatiga borish zarur.

Prezidentimiz qolgan vazirliklarda ham raqamlashtirish bo`yicha hali xalqimizni rozi qiladigan tizim to`liq yaratilmaganini ta`kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar