AsosiyJamiyat

Toshkentning Raqamli rivojlanish departamenti Raqamlashtirish vazirligiga o`tkaziladi

'Toshkentning Raqamli rivojlanish departamenti Raqamlashtirish vazirligiga o`tkaziladi'ning rasmi

Avvalroq, Prezident raisligida raqamlashtirish bo`yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlangani haqida xabar bergan edik. 

Yig`ilishda aholi muammolarini hal qilish jarayonlarini raqamlashtirish masalalari ko`rib chiqildi.  

Misol uchun, Toshkent shahrida aholi muammolarini hal qilishga qaratilgan portal ishga tushirildi.  

Bunda, aholi kommunal, yo`l, obodonlashtirish va energetika kabi muammolarni telefonda rasmga olib, portalga jo`natadi.

Mutasaddi idoralar esa, ushbu muammoni hal qilganini “quruq gap” bilan emas, balki oldingi ahvol va kamchilik bartaraf etilgan holatni rasmlari bilan aholiga yuboradi. Natijaga qarab, aholi hokimiyat faoliyatiga baho beradi.

Toshkent shahrining ijobiy tajribasidan foydalanish maqsadida Toshkentning Raqamli rivojlanish departamenti Raqamlashtirish vazirligiga o`tkazilishi belgilandi. Departament respublikaning barcha hududlarini raqamlashtirishga mas`ul bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar