Avvalroq, Prezident raisligida raqamlashtirish bo`yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Yig`ilishda hududlarni raqamlashtirish uchun moliyaviy manbalarni kengaytirish masalasiga to`xtalib o`tildi.
Buning uchun “Raqamli tashqi reklama” portalini ishga tushirish, kelgusida tashqi reklamadan tushgan mablag`larning 20 foizini har bir viloyatning o`zida raqamlashtirishni rivojlantirish uchun qoldirish belgilandi.
Bosh vazirga xorijiy tajribani puxta o`rganib, namunaviy loyiha asosida Toshkent shahrida 2 ta, viloyat markazlari va yirik shaharlarda 1 tadan ko`chada zamonaviy tashqi reklama ob`ektlarini joylashtirishga topshiriq berildi.
Umuman 1 iyunga qadar “Raqamli tashqi reklama” tizimini ishga tushirib, undan faqat Yagona interaktiv portal orqali foydalanish lozimligi ta`kidlandi.






