Avvalroq, Prezident raisligida raqamlashtirish bo`yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Yig`ilishda Raqamlashtirish vazirligiga tegishli vazirlik va hokimliklar bilan birgalikda:
- aholi va tadbirkorlarga ko`rsatilayotgan elektron xizmatlar bo`yicha 26 ta axborot tizimini Yagona davlat xizmatlari portali bilan birlashtirish;
- ushbu portal orqali ko`rsatilayotgan xizmatlarni hozirgi 370 tadan 570 taga etkazish;
- yangi avtotransportlarni onlayn davlat ro`yxatidan o`tkazish va raqam berish tizimini joriy qilish;
- yana 8 turdagi notarial harakatlarni onlayn shaklga o`tkazish;
- jami 11 mingga yaqin suv xo`jaligi ob`ektlarida suv hisobini yuritishning raqamli tizimini joriy etish;
- 2 mingdan ziyod meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashgan monitoring tizimiga o`tkazish;
- barcha tibbiyot muassasalarini lokal tarmoq bilan qamrab olish, ularni kompyuterlar bilan to`liq jihozlash;
- tibbiyotni raqamlashtirish bo`yicha 50 million dollarlik loyihani boshlash vazifasi qo`yildi.






