AsosiySalomatlik

Bolalarda SOVID-19dan keyingi sindrom qancha vaqt davom etadi?

'Bolalarda SOVID-19dan keyingi sindrom qancha vaqt davom etadi?'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bolalar va o`smirlarda koronavirusdan keyin kuzatilayotgan sindromning klinik belgilari haqida ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur alomatlar SOVID-19ning og`ir shaklidan so`ng uch oy ichida paydo bo`ladi va kamida ikki oy davom etadi. Natijada bunday o`g`il-qizlar asosan holsizlik, hid bilmaslik, burun bo`shlig`i to`qimalarining o`tkir va surunkali yallig`lanishi hamda bezovtalikdan aziyat chekadi.

Ekspertlar fikricha, bunday sindrom davomli COVID-19 bilan xastalangan har qanday bemorda paydo bo`lishi mumkin. 

Tahlillarga ko`ra, 2021 yil oxirida koronavirusga chalinganlarning 3,7 foizida yuqoridagi tasniflarga mos sindrom rivojlanishi kuzatilgan. Shuningdek, infeksiya yuqqanidan 12 oy o`tgach, ularning 15,1 foizida doimiy simptomlar saqlanib qolgan.

    Boshqa yangiliklar