AsosiyJamiyat

Toshkentda keksa ayol 9 yoshli bolani o`g`irlamoqchi bo`ldi(mi?)

'Toshkentda keksa ayol 9 yoshli bolani o`g`irlamoqchi bo`ldi(mi?)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida 9 yoshli bolani keksa ayol qorong`i joyga olib borgani va bola undan qo`rqib qochib ketgani haqidagi xabarlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Holat yuzasidan shahar IIBB axborot xizmati ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, 17 fevral kuni soat 20.00 larda 2013 yilda tug`ilgan A.A. futbol mashg`ulotidan so`ng Yakkasaroy tumanida joylashgan uyiga qaytayotgan vaqtida keksa yoshdagi ayol qo`lidagi xaltalarni ko`tarishda yordam berishini so`ragan. Voyaga etmagan A.A. keksa ayolga xaltalarini ko`tarishda yordamlashib, 71-uyning oldiga borganida noma`lum erkak kishini ko`rib qolgan. Voyaga etmagan A.A. qorong`i bo`lib qolganligi sababli uyga ketishini bildirib, qo`lidagi xaltalarni erga qo`yib, uyi tomon yugurib ketgan.

Keksa ayol va noma`lum erkak tomonidan Voyaga etmagan A.A.ga nisbatan hech qanday noqonuniy harakatlar sodir etilmaganligi ma`lum bo`lgan. Hozirda Voyaga etmagan A.A. ota-onasi bilan birga sog`-salomat holatda.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda

    Boshqa yangiliklar