Tojikistonda Toshkent vaqti bilan soat 05:37, 05:55, 06:06, 06:35, 07:07, 07:18 da – olti marotaba 4 magnitudadan yuqori zilzilalar kuzatildi. Bu haqda O`zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Soat 05:43 da qayd etilgan zilzila epimarkazida zilzila kuchi 5,8 magnitudaga teng bo`lgan. Uning koordinatalari 38,51 daraja shimoliy kenglik, 72,84 daraja sharqiy uzunlikni tashkil etgan. Ushbu er qimirlashining o`chog`i 147 km chuqurlikda joylashgan.
Zilzila bo`lgan vaqtdagi holat aeroportdagi kuzatuv kameralariga muhrlangani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Unda er qimirlashidan vahimaga tushgan odamlar qochayotgani aks etgan.






