AsosiyJamiyat

Toshkentda ko`p qavatli uy erto`lasi o`zboshimchalik bilan o`zgartirilgani aniqlandi

'Toshkentda ko`p qavatli uy erto`lasi o`zboshimchalik bilan o`zgartirilgani aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida ko`p qavatli uy erto`lasi o`zboshimchalik bilan o`zgartirilgani aniqlandi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, inspeksiya tomonidan aholi murojaatlariga asosan ko`p qavatli uylarda noqonuniy qurilmalarni aniqlash va huquqbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko`rish ishlari o`tkazilmoqda.

Xususan, Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Labzak dahasi 1a uyning erto`lasi tekshirilganda, tegishli talablarni buzgan holatda o`zgartirilgani aniqlangan. Fuqaro loyiha hujjatlaridan chetga chiqqan holda binoning tayanch devorlari hamda kommunikasiya tarmoqlari joylashuvini o`zgartirgan.

Inspeksiya tomonidan huquqbuzarga nisbatan tegishli tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda binoni o`z holiga qaytarish bo`yicha topshiriq berilgan.

    Boshqa yangiliklar