Shavkat Mirziyoev Turkiya bilan "Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Unga muvofiq, endilikda 2 davlat imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qiladi, bu bo`yicha bitim tasdiqlandi. Mazkur bitim 2022 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo`mitasi mas`ul bo`ladi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta`minlaydi.






