AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari havo harorati -10 darajagacha tushishi kutilmoqda

'Dam olish kunlari havo harorati -10 darajagacha tushishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zgidromet ma`lumotlariga ko`ra, 24 fevral kuni Rossiyaning Evropa hududidan sovuq va nam havo massalari shimoli-g`arbiy viloyatlarga, 25-26 fevral kunlari esa butun respublika hududiga kirib boradi.

24 fevral kuni Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida, 25 fevralda respublikaning qolgan hududlarida yomg`ir va qor shaklida yog`ingarchilik, tog` oldi va tog`li tumanlarda kuchli yog`ingarchilik bo`ladi.

24-25 fevral kunlari respublika bo`ylab ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

25-26 fevralda havo haroratining qisqa muddatli pasayishi kechasi 0...-5 darajagacha, respublika shimolida -5...-10 darajagacha, kunduzi 0...+5 darajagacha tushishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar