Qarshi shahridagi avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida gaz olayotgan Nexia-3 portlab ketgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat FVB xabar berdi.
Hodisa 24 fevral kuni soat 16:08 larda sodir bo`lgan.
Ma`lum qilinishicha, Nasaf ko`chasida joylashgan “NEW POVER” "metan zapravka"sida Nexia-3 mashinasiga gaz quyilayotgan vaqtda unga o`rnatilgan gaz balloni portlagan.
Oqibatda mashinaning orqa qismi to`liq shikastlangan. Hodisa joyida yong`in sodir bo`lmagan va hech kim tan jarohat olmagan.
Qayd etilishicha, hozirda, holat bo`yicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Shu o`rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha haydovchilardan o`z boshqaruvidagi avtomobillarni vaqtida texnik ko`rikdan o`tkazishlarini va barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini so`raydi", deyiladi xabarda.






