2023 yil 18 fevral kuni soat taxminan 19:40 larda, Qashqadaryoda “BMW” va “Damas” ishtirokida avtohalokat yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
“Kitob-Shahrisabz” avtomobil yo`lining 5 km.da haydovchi S.T. boshqaruvida bo`lgan “BMW” avtomobil “Arabon” buyum bozori ro`parasidagi chorraha tomon boshqarib borib ro`parasidan qarama-qarshi yo`nalishdan kelayotgan, haydovchi K.L. boshqaruvida bo`lgan “Damas” rusumli avtomobilining harakat yo`liga chiqib ketishi oqibatida yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada “Damas” rusumli avtomobilida yo`lovchi sifatida kelayotgan A.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.