Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi maktab o`quvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkin” degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.
Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi ushbu xabarlar mutlaqo hech qanday asosga ega bo`lmagan yolg`on xabarligini ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, bu xabarlar maktabni o`z vaqtida tugata olmagan, ya`ni maktab yoshidan o`tgan fuqarolarning eksternat tartibida imtihon topshirish uchun arizalar berish bilan bog`liq xabarning noto`g`ri talqin qilinganligi natijasida tarqatilmoqda.
"Ta`lim to`g`risida"gi Qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o`rta ta`lim olish huquqini ta`minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda faqat o`z vaqtida turli sabablarga ko`ra umumiy o`rta ta`limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to`liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.






