AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda qamoqdan chiqqaniga 2 oy bo`lgan ayol yana 3 yilga qamaldi

'Qashqadaryoda qamoqdan chiqqaniga 2 oy bo`lgan ayol yana 3 yilga qamaldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida shartli ozod qilingan ayol yana jinoyat sodir etib, uch yilga qamaldi. Bu haqda viloyatning hududiy telekanali xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, sudlanuvchi 2022 yilning 22 sentyabr kuni eski tanishlari bilan uchrashib, yarim tunga qadar ko`ngilxushlik qilgan. Keyin ular ayolning uyiga kelib, ichkilik ichib, bazm qilgan. Tungi soat 3:00 lar atrofida ularning barchasi mast holga kelgan. 

Shu payt bir erkak ayblanuvchiga tegajog`lik qilishga uringan. Ayol bundan jahli chiqib, oshxona pichog`i bilan unga tashlangan. Shu payt ularni ajratmoqchi bo`lgan erkakni pichoqlab qo`ygan. Tez fursatda shifoxonaga etkazilgan jabrlanuvchining hayoti saqlab qolingan. Ayol sudda aybiga to`liq iqror bo`lgan. 

Qayd etilishicha, bu ayol muqaddam qilgan jinoyati uchun 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan, biroq unga engillik berilib, shartli ozod qilingan. 

Jinoyat kodeksining 57-moddasi bilan aybli deb topildi va ushbu modda bilan 3 yil-u 2 oy ozodlikdan mahrum qilindi. Uning farzandi borligi, aybiga iqrorligi inobatga olingan.

    Boshqa yangiliklar