Joriy yil 26 fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Darakchi.uz ga ma`lum qilishicha, tadbirda Oxangaron shahar prokuraturasi binosini qo`riqlash xizmatini olib boruvchi qorovuli shahar prokuraturasi tergovchisining ish yurituvida bo`lgan jinoyat ishi doirasida tergovga jalb qilingan fuqaro E.dan jinoyat ishini engillashtirib, ijobiy hal qilib berish evaziga 9.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
27 fevral kuni Oxangaron shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, qo`riqlash xizmati qorovuliga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 28-211-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Gumonlanuvchi shaxslar prosessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.






