Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan Guliston shahridagi Advokatlar hay`ati advokati 2021 yilda mahalliy mas`uliyati cheklangan jamiyatga bankdan 240 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishida yordam berganligi uchun xizmati evaziga uning rahbaridan 12 ming AQSh dollari olgan.
Biroq, bank tomonidan olib borilgan monitoring jarayonida mas`uliyati cheklangan jamiyat kredit mablag`ini maqsadsiz ishlatganligi aniqlanib, prokuratura organlari tomonidan uning rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
DXX Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda advokat muqaddam olgan 12 ming AQSh dollaridan 1000 AQSh dollarini MChJ rahbariga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.