Evropa chempionlar ligasi "H" guruhi 2-turida "Yuventus" jamoasi safarda "Dinamo Zagreb" mehmoni bo`ldi. Kutilganidek turinliklar raqibini qiyinchiliksiz mag`lubiyatga uchratdi.
Zagrebda bo`lib o`tgan uchrashuvda “Yuventus” raqib darvozasiga javobsiz to`rtta gol kiritdi. Mazkur guruhning ikkinchi o`yinida "Sevilya" o`z maydonida "Lion"ni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratishga muvaffaq bo`ldi.
"Dinamo Zagreb" – "Yuventus" 0:4
Gollar: 0:1 – 24 Pyanich, 0:2 – 31 Iguain, 0:3 – 57 Dibala, 0:4 – 85 Dani Alves.