AsosiyJamiyat

Jizzaxda tegishli hujjatlarsiz 358 kg go`sht olib ketayotgan mashina to`xtatib qolindi 

'Jizzaxda tegishli hujjatlarsiz 358 kg go`sht olib ketayotgan mashina to`xtatib qolindi 'ning rasmi

Jizzax viloyati G`allaorol tumanida tegishli hujjasiz 358 kilogramm go`sht olib ketayotgan mashina to`xtatib qolindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, holat 27 fevral soat tungi 01:45 larda G`allaorol tumani Ko`kgumbaz MFY hududida joylashgan “Sangzor-15” YPX maskanida aniqlangan. Mazkur hududda xizmat olib borayotgan boshqarma JXX JTSB karantin guruhi xodimlari viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida Samarqand-Toshkent yo`nalishi bo`yicha harakatlanib ketayotgan, Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Cobalt to`xtatib tekshirilgan. 

Shunda haydovchi yukxona va salonda jami 358 kilogramm go`shtni hech qanday hujjatlarsiz veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan. Hujjatlashtirish va tekshiruvdan o`tkazish maqsadida go`sht vaqtincha saqlash uchun muzxonaga joylashtirilgan. 

Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar