Evropa chempionlar ligasi “G” guruhi 2-turida Angliya chempioni “Lester” o`z maydonida Portugaliyaning “Portu” futbolchilarini qabul qildi. O`yinning 25-daqiqasida Islam Slimani tomonidan kiritilgan yagona gol “tulkilar”ga g`alaba keltirdi.
EChLda birinchi marta o`ynayotgan “Lester” guruhda ketma-ket ikkinchi g`alabasini qo`lga kiritishini alohida ta`kidlash joizdir. Bundan avval Klaudio Raneri jamoasi safarda Belgiya “Bryugge” klubini 3:0 hisobida enggandi.
Ushbu guruhning ikkinchi o`yinida Daniyaning “Kopengagen” futbolchilari “Bryugge”ni 3:0 hisobida taslim qilishga muvaffaq bo`ldi.
“Lester” – “Portu” 1:0
Gol: 1:0 – 25 Slimani.