1 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:08da Quvaytning "Jaazera Airways" aviakompaniyasi samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi.
O`zbekistonga yangi parvoz yo`nalishi: Al-Quvayt — Samarqand — Al-Quvayt yo`nalishini ochgan Airbus A320 samolyoti an`anaviy tarzda suv arkasi bilan, ekipaj va yo`lovchilar esa gullar bilan kutib olindi.
Muntazam yo`lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib o`tamiz, "Jaazera Airways" O`zbekistonga parvozlarni 2021-yilda boshlagan. Al-Quvaytdan Toshkentga muntazam yo`lovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari.
"Jaazera Airways" Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo`lib, shtab-kvartirasi o`z terminaliga ega xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.






