AsosiyJamiyat

Toshkentda musobaqa sababli ayrim yo`llar vaqtincha yopiladi

'Toshkentda musobaqa sababli ayrim yo`llar vaqtincha yopiladi'ning rasmi

2023 yil 2-4 mart kunlari Toshkent viloyatining  Bo`stonliq tumani va Chirchiq shahar hududida Velosport bo`yicha sport ustasi “V.A.Isanderova” xotirasiga bag`ishlangan Velosportning shosse yo`nalishi bo`yicha musobaqa o`tkazilishi munosabati bilan 2-3 mart kunlari soat 10:00 dan 14:00 ga qadar 4P-12 "Bektemir-Chirchiq-G`azalkent-Chorbog`" avtomobil yo`lining 34-kilometri (Chirchiq platinadan start)dan boshlab 54-kilometrlari (Oqsoqota MFY, G`azalkent ko`prigi) oralig`ida, shuningdek, 4-mart kuni Chirchiq shahar, O`zbekiston Mustaqilligi 30 yilligi ko`chasida transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda YHXX xabar berdi.

“Haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanish tavsiya etiladi”,-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar