AsosiyJamiyat

Andijondagi mehmonxonalardan birida yong`in sodir bo`ldi

'Andijondagi mehmonxonalardan birida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

1 mart kuni Andijon viloyati Xonobod tumanidagi muhmonxonalarning birida yong`in sodir bo`ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:26 da “Xontog`” MFY hududida joylashgan “Xontog`” mehmonxonasining ikkinchi qavatida yong`in chiqqan. Oqibatda binodagi muzqaymoq kafesining 60 kvadrat metr maydonida  shift, tom qismi va jihozlar yongan.

FVB xodimlari voqea joyiga soat 16:32 da etib borgan va 16:45 da yong`in to`liq o`chirilgan.

Ushbu falokatdan binoning 50 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hozirda yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar