Xabaringiz bor, Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 6 fevral kuni 9 soatlik interval bilan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo`ldi. Er silkinishlari, keyin yuzlab erosti silkinishlari respublikaning 10 viloyati va qo`shni mamlakatlarda sezilgan. Buning oqibatida bugunga kelib 45 mingdan ziyod odam halok bo`ldi.
darakchi.uz muxbiri zilzila bo`lgan hududlarida bo`lib u erda yashovchi aholi bilan, suhbatlashdi.
Zilzila sodir bo`lganiga 3 haftadan o`tdi. Davlat, aholi zilzila oqibatlari bartaraf etish bilan band. Ammo bo`lgan fojia nafaqat turkiyaliklarning, balki butun dunyoning xotirasidan bir umr o`chmasligi aniq.