Bekzod Mirahmedov O`zbekistonda xalqaro ingliz tilini baholash tizimi (IELTS)dan maksimal 9 ballni qo`lga kiritdi. Bu haqda gazeta internet nashri yozdi.
Bekzod Mirahmedov 3 mart kuni o`zining Instagram sahifasida sertifikatni qabul qilib olgani haqida video joyladi.
U IELTS imtihonining 3 ta qismidan — Listening (tinglab tushunish), Speaking (so`zlash) va Reading (o`qib tushunish)dan 9 ball, Writing (yozish) imtihonidan esa 8 ballni qo`lga kiritgan.
Bekzod Mirahmedov so`nggi marta yanvar oyida mazkur imtihondan o`tib, 8,5 ball olgandi.
Shuningdek, u 10 yildan ortiq tajribaga ega IELTS instruktor hisoblanadi.