AsosiyJamiyat

Buxoroda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritishga uringan shaxs qo`lga tushdi

'Buxoroda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritishga uringan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan S.A. jami 3 200 AQSh dollarini fuqaro J.M.ga 36,4 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar