AsosiyJamiyat

“103” avtomobillaridan qaysi hududda eng ko`p foydalanilmoqda?

'“103” avtomobillaridan qaysi hududda eng ko`p foydalanilmoqda?'ning rasmi

Ushbu savolga Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoit G`afurov quyidagicha javob berdi:

 — “103” tizimida eng ko`p tez yordam mashinasi Samarqand viloyatiga to`g`ri keladi. Hozir bu hududda 316 ta maxsus tez tibbiy yordam avtomobili mavjud. 

Undan keyingi o`rinni 309 ta avtomobil bilan Farg`ona viloyati band etgan.

Shuningdek, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida “Tez yordam” mashinalari soni 250 tadan, Toshkent shahri, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 200 tadan yuqori.

Ta`kidlash lozimki, hududlardagi tez tibbiy yordam mashinalari miqdori u erdagi aholi soni va joylashuviga ko`ra taqsimlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar