O`zbekistonda 2022/23-o`quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan nodavlat umumta`lim tashkilotlari soni jami 194 tani tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu ko`rsatkich 2018/2019 o`quv yili boshiga nisbatan 136 taga ko`paygan.
Yillar kesimida faoliyat yuritayotgan nodavlat umumta`lim tashkilotlari soni quyidagicha:
— 2018/2019-o`quv yili boshiga – 58 ta
— 2019/2020-o`quv yili boshiga – 91 ta
— 2020/2021-o`quv yili boshiga – 102 ta
— 2021/2022-o`quv yili boshiga – 135 ta
— 2022/2023-o`quv yili boshiga – 194 ta.






