Avvalroq, Toshkentda rossiyalik jurnalistning jasadi topilgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura matbuot kotibining xabar berishicha, holat yuzasidan tekshiruv boshlangan.
“36 yoshli jurnalist Aleksandr Nechaev vafot etganligi holati yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
O`lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Natijalari haqida qo`shimcha xabar qilinadi.






