1

Andijonda 23 yoshli ayol o`ziga benzin sepib, yoqib yubordi

Jamiyat 09.03.2023, 11:58
Andijonda 23 yoshli ayol o`ziga benzin sepib, yoqib yubordi

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi 23 yoshli kelin adirlik hududida o`ziga benzin quyib, yoqib yubordi. Bu haqda  Bosh prokuratura Darakchi.uz'ga xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 6 mart kuni Jalaquduq tumani, Janubiy Olamushuk shaharchasida yashovchi, 23 yoshli R.A. shahar o`ramida joylashgan adirlik hududida o`ziga benzin quyib, yoqib yuborishi orqali vafot etgan.

Suiqasd sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, qaror ijroga yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qo`shimcha qilinishicha, holatga guvoh bo`lganlar marhumaga yordam ko`rsatish maqsadida tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo`limiga olib borgan. Tibbiy ma`lumotga ko`ra, R.A.ning badani alangadan 100 foiz kuygan. Shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan u 7 mart kuni shifoxonaning jonlantirish bo`limida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o`zini o`zi o`ldirish darajasiga etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1