2023 yil 8 mart kuni 37 yoshli jurnalist Akmal Toshev vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Uning o`limi yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmokda. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko`ra, A.Toshevning o`limi "Yurak tamponadasi, o`pka arteriyasi anevrizmasining yorilishi, yurak tug`ma nuqsoni, yurak bo`lmachalari defekti"dan kelib chiqqan.
Hozirda tekshirish davom etmoqda.






