Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi ko`prikdan bir qiz o`zini suvga tashlagani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura ma`lumot berdi.
Aniqlanishicha, kecha, 10 mart kuni soat 21:25 larda Oqdaryo tumani "O`zbekiston" mahallasida yashagan 18 yoshli qiz D.O. (oliy ta`lim muassasasi talabasi) Oqdaryo tumani va Samarqand tumanini bog`lab turuvchi Qoradaryo ko`prigidan o`zini suvga tashlab joniga qasd qilgan.
Marhumaning o`lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmokda.