AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida itlarni so`yib kelgan fuqaro 10 kunga qamaldi

'Toshkent viloyatida itlarni so`yib kelgan fuqaro 10 kunga qamaldi'ning rasmi

 Avvalroq, Toshkent viloyatidagi xonadonlarning birida itlarni so`yilganligi aks etgan vido haqida xabar bergan edik.

Mazkur holat Yuqori Chirchiq tumani IIB tomonidan aniqlanib, voqea yuzasidan qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borildi.

Shundan so`ng, buni sodir etgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi. 

Surishtiruvlar natijasida Yuqori Chirchiq tumani “Ahmad Yassaviy” mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan fuqaro, B.X. o`zining yashash xonadonida 25 ta itni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlaganligi va ularni so`yib kelayotgani aniqlangandi.

“Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyatining ma`lum qilishicha, 11 mart kuni ushbu holat yuzasidan sud majlisi bo`lib o`tdi va aybdor shaxsga 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Sudda ayblanuvchi B.X. itlarni o`zi iste`mol qilishi uchun so`yganini aytgan. Nega uyiga har kuni itlar olib kelingani haqidagi savolga esa javob bera olmagan.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati tuman IIB va Veterinariya bo`limi hamkorligida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, so`yilgan itlarning soni va ushbu fuqaroning itlarni so`yishdan ko`zlagan maqsadiga oydinlik kiritish jarayoni ketayotganini ma`lum qilgandi.

Volontyorlar 35 ta it va 9 ta kuchukni saqlab qolishga muvaffaq bo`lgan. 10 ta it “Kavcheg” boshpanasiga, qolganlari esa “Mehr” markaziga o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar