Xonanda Rayhon G`anieva Instagram`dagi sahifasiga joylagan surati qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi.
Rayhon poytaxtdagi qahvaxonalardan birida maniken yigitning yonida tushgan suratini “Mana buni yigit desa bo`ladi”, deya izohladi.

Xonandaning xazil tariqasidagi mazkur suratiga muxlislar ham turli xazilomuz va kulguli izohlar qoldirmoqda.
“Ha u hech qachon xiyonat qilmaydi va sizni sotmaydi”, deb yozdi foydalanuvchilardan biri.





