AsosiyDunyo

Xitoydan Germaniyaga uchayotgan samolyot Moskvaga shoshilinch qo`ndirildi

29 sentyabr kuni Rossiyaning Moskva shahridagi Sheremetevo aeroportida Shanxaydan Frankfurtga uchayotgan Air China aviakompaniyasi samolyoti shoshilinch qo`ndirildi, deb xabar beradi “Vesti”.

Layner ekipaji bortdagi yo`lovchilardan birining sog`lig`i birdan yomonlashgani uchun Moskva aeroportiga shoshilinch qo`nishga ruxsat so`ragan.  

Samolyot qo`nganidan so`ng jonlantirish bo`limi shifokorlari tezda yo`lovchiga tibbiy yordam ko`rsatishga urindi, biroq u allaqachon vafot etgan edi.

Boshqa yangiliklar