13 mart kuni soat 18:00 da Olmazor tumani Ahmad Donish ko`chasida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`lgan. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Epica, Cobalt va Matiz rusumli avtomashinalar o`zaro to`qnashgan.
Natijada, Epica hamda Matiz haydovchilari va yo`lovchilari tan jarohati olgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






