AsosiyJamiyat

Namanganda massajxonani fohishaxonaga aylantirgan shaxslar qo`lga tushdi

'Namanganda massajxonani fohishaxonaga aylantirgan shaxslar qo`lga tushdi'ning rasmi

Namangan viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati va Davlatobod tuman IIB qidiruv bo`linmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirlar davomida qo`shmachilik va fohishaxona saqlash bilan shug`ullanib kelayotgan shaxslar aniqlandi.

Ma`lum qilinishicha, Namangan shahar hududida o`tkazilgan reydda andijonlik ayol o`zi ishlab kelayotgan Davlatobod tumanidagi sog`lomlashtirish maskanida fohishaxona tashkil etgani fosh qilindi.

Ushbu ayol tadbirning shartli ishtirokchisiga massajxona ishchisi bilan jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib, buning evaziga undan 300 ming so`m pullarni olgan vaqtida qo`lga olindi.

Tadbirlar davonida Yangi Namangan tumanida yashovchi ayol ham Davlatobot tumanida o`ziga tegishli bo`lgan massajxonada fohishaxona tashkil etgani ma`lum bo`ldi.

Ayol tadbirning shartli ishtirokchisiga massajxona ishchisi bilan jinsiy aloqa  qilishi uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga 420 ming so`m pullarni olgan paytida ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (Qo`shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma`lumot uchun, ushbu shaxslar qonun bo`yicha 15 mln so`mdan 22,5 mln so`mgacha jarima to`lash yoki 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar