AsosiyJamiyat

Zoir Mirzaev tanqidiy ruhda majlis o`tkazdi

'Zoir Mirzaev tanqidiy ruhda majlis o`tkazdi'ning rasmi

Nurafshon shahrida Zoyir Mirzaev raisligida navbatdagi «Hokimlik soati» o`tkazildi. Unda bir qator muhim masalalar tanqidiy tahlil qilingan.

Yig`ilishda bar qator mas`ullarning faoliyati keskin tanqid qilindi, ayrimlariga nisbatan chora ko`rildi, ogohlantiridi.

Xususan, Qibray tumanida Prezidentning 373-sonli qaroriga asosan tumanda dehqon xo`jaliklari uchun ajratilishi belgilangan 30 gektar maydon haligacha auksionga chiqarilmagani uchun tuman hokimi ogohlantirildi, uning qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari B.To`ychievga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi.

Yangiyo`l tumani hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari L.Badalovga nisbatan dehqon xo`jaliklari uchun ajratilishi belgilangan 35 gektar er maydonlarini zaxiraga olmaganligi uchun oylik maoshining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo`llash bo`yicha taklif kiritildi.

Shuningdek, Chinoz tumani hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari Sh.Mirsobirovga nisbatan dehqon xo`jaliklari uchun ajratilishi belgilangan er maydonlarini auksionga chiqarilishini etarli darajada nazoratga olmaganligi uchun «hayfsan» intizomiy jazo chorasi berildi.

Toshkent viloyatidagi qabristonlar uchun qo`shimcha er ajratish bo`yicha berilgan takliflarga asosan, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini yakuniga etkazish topshirig`i bajarilmaganligi viloyat hokimligiining tegishli kotibiyati mudiri A.Akramovga ham «hayfsan» berildi.

O`rta Chirchiq, Yangiyo`l, Parkent tumanining hokimlari dehqon xo`jaliklari tashkil etish bo`yicha qo`shimcha 100 gektardan er maydonlarini bugungi kungacha ajratib bermagani yuzasidan tushuntirish xati yozadigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar