AsosiyJamiyat

Bugun Senatning o`ttiz sakkizinchi yalpi majlisi o`tkaziladi

'Bugun Senatning o`ttiz sakkizinchi yalpi majlisi o`tkaziladi'ning rasmi

Bugun Oliy Majlis Senatining o`ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo`lib o`tadi. Unda “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi muhokama qilinadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Axborot xizmati ma`lum qildi.

Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat a`zolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimizda akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a`zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Ma`lumot o`rnida: O`zbekiston Konstitusiyasining 78-moddasiga asosan O`zbekiston Respublikasining referendumini o`tkazish to`g`risida va uni o`tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, kecha Qonunchilik palatasi qarorining (ilovalari bilan) O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiqligini aniqlash bo`yicha Konstitusiyaviy sudning majlisi bo`lib o`tdi. Unda Konstitusiyaviy qonun loyihasini referendumga qo`yishga mone`lik qiluvchi holatlar aniqlanmadi. Konstitusiyaviy sud tomonidan hujjatni O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq deb topish haqida qaror qabul qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar