Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida yashovchi 3 yoshli bolakay milliy lotereyadan million dollar yutib oldi, deb yozadi “Vesti”.
Bola tug`ilganidan so`ng uning ota-onasi Bonus Bonds kompaniyasi aksiyalarini 250 Yangi Zelandiya dollari evaziga sotib olgan edi. Bu aksiya egalari esa oyda bir marotaba o`tkaziladigan milliy lotereyada sovg`a yutib olish imkonini qo`lga kiritadi. Sentyabr oyida esa aynan mana shu bolakayning omadi keldi. Uning ota-onasi har doim farzandlarini boshqalarga o`xshamagan deb hisoblashardi. Chunki bolakay Rojdestvo bayrami kuni dunyoga kelgan edi.
Endi esa bolaning ota-onasi uning kelajagidan tashvishlanmasa ham bo`ladi.





