AsosiyDunyo

Fransiyalik fuqaro o`ziga tabassum qilishni taqiqlagan pasportchilarni sudga berdi

Ismi sir saqlanayotgan Fransiya fuqarosi pasportiga tabassum qilib suratga tushishni taqiqlagan mahalliy amaldorlarni sudga berdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Mahalliy mansabdorlar suratni “o`ta nojiddiy” deb topishdi va fransiyalik fuqarodan jiddiyroq qiyofada suratga tushishni talab qilishdi. 

Sudga murojaat qilgan fuqaroning aytishicha, hujjatlashtirishdagi qat`iy qoidalar uning asabiga o`ynagan. Fransuz bu me`yorlarni eskirgan va jamoat uchun xavfli deb atadi. Uning advokati o`z mijozining so`zlarini tasdiqlagan.

“Hukumat mijozimga tabassum qilishni taqiqlay olmaydi. Bu qarorda hech qanday yuridik asos yo`q”,—deydi advokat.

Boshqa yangiliklar