Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o`zining davolab bo`lmaydigan kasallikka uchragani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. U sog`lom va kuchga to`la ekanligini ta`kidladi. Bu haqda Qodirov o`zining Telegram-kanalida yozdi va ushbu izoh tasvirlangan videoni joyladi.
Qodirov kinoya bilan uning kasalligi haqidagi ma`lumotlarning to`g`riligiga umid qilganlarni xafa qilganidan afsusda ekanligini aytdi. Uning ta`kidlashicha, u avvalgidek sport bilan shug`ullanmoqda, tog`larga chiqyapti, shuningdek, Chechenistonni rivojlantirishdagi muhim masalalarni hal qilmoqda.
Bundan tashqari, respublika rahbari qo`lida tibbiy asbob emas, balki elektron namoz hisoblagichi borligini tushuntirdi. Uning yordami bilan Qodirov necha marta salovot o`qiganini ko`radi.