AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasining amalga oshirilishi, navbatdagi mavsum tahlili yuzasidan ma`lumot berildi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.
Ma`lumot uchun: 18 mart kuni soat 10:00 da ovoz berish jarayonlariga start beriladi va ushbu jarayon 7 aprelga qadar davom etadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-213-IV-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli byudjet” jarayonlari uch boschili kalendar rejaga asosan amalga oshiriladi bunda:
1-bosqich fuqarolar o`z takliflarini (batafsil ko`rinishda) qoldiradi - 6 fevraldan 25 fevralgacha;
2-bosqich fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar moderasiya jarayonidan o`tkaziladi - 26 fevraldan 17 martgacha;
3-bosqich moderasiyadan o`tkazilgan taklfilar ovoz berish jaryoniga o`tkaziladi - 18 martdan 7 aprelga qadar davom etadi.
Bundan tashqari, “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi mexanizm ishga tushirilganligi to`g`risida axborot berildi.
Qayd etilishicha, 2023 yilgi tuman va shahar byudjetlarida tashabbusli byudjet jarayonlri uchun jami 2,0 trln so`m mablag` ko`zda tutilgan bo`lib, shundan 1 trln so`mi 1-mavsumda ajratiladi.
Bundan tashqari, 2023 yil boshiga mahalliy byudjetlarda shakllangan erkin qoldiq mablag`larining 30 foizi mahalliy hokimliklar tomonidan Fuqarolar tashabbusi jamg`armasiga yo`naltiriladi.
Dastlabki hisob kitoblarga ko`ra, shunda 1-mavsum uchun Fuqarolar tashabbusi jamg`armalarida jami 1,7 trln so`m mablag` shakllanishi ko`zda tutilmoqda.
Umuman olganda, jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalashtirish uchun 2023 yilda byudjetdan jami
8 trln so`m mablag`lar yo`naltirilishi mo`ljallangan. Shundan:
2 trln so`m – “Tashabbusli byudjet” jarayonlari uchun tuman va shahar byudjetlarida rejalashtirilgan;
320 mlrd so`m – “Mening yo`lim” loyihasi doirasida tuman va shahar byudjetlarida rejalashtirilgan;
4 trln so`m – “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish uchun.
Shu bilan birga, joriy yilda mahalliy byudjetlar qo`shimcha manbalarining 30 foizi hisobiga 1,7 trln so`m miqdoridagi mablag`lar Fuqarolar tashabbusi jamg`armalariga yo`naltirilishi prognoz qilingan.
Shu bilan birga, 1-mavsum doirasida fuqarolar tomonidan jami 55,9 mingta loyihalar kelib tushgan. Hududlar kesimida eng ko`p kelib tushgan loyihalar Surxondaryo viloyatida – 9,5 mingta, Qashqadaryo viloyatida – 6,2 mingta, Toshkent shahrida – 5,6 mingta, Xorazm viloyatida – 5,1 mingtani tashkil etgan.
Sohalar kesimida eng ko`p ilgari surilgan loyihalar sifatida hududiy ichki yo`llarni ta`mirlash yo`nalishi qayd etilib, fuqarolar tomonidan ushbu yo`nalish bo`yicha jami 14,7 mingta loyihalar ilgari surilgan hamda jami loyihalar soniga nisbatan 26 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, umumta`lim maktablarini ta`mirlash va jihozlash bo`yicha – 10,3 mingta (18%), ko`cha chiroqlarini o`rnatish hamda elektr energiya ta`minoti bilan bog`liq loyihalar – 6,3 mingta (11%), maktabgacha ta`lim tashkilotlarini ta`mirlash va jihozlash bo`yicha – 4,4 mingta (8%) hamda sog`liqni saqlash tashkilotlarini ta`mirlash va jihozlash bo`yicha – 3,1 mingta (6%) loyihalar ilgari surilgan.