AsosiyJamiyat

Samarqandda yigit keksa yoshdagi insonni masxara qilib, videoni TikTok'ka joyladi (video)

'Samarqandda yigit keksa yoshdagi insonni masxara qilib, videoni TikTok'ka joyladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy ovqatlanish shaxobchasida yigit keksa otaxonning ustidan kulgani, masxara qilgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat Samarqandda sodir bo`lgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, yigit holatni tasvirga olib TikTokka joylagan. IIb tomonidan "qahramon" ushlandi, unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, holat ota-onalar ishtirokida muhokama qilingan.

“11 mart kuni ishxonamizga har kun keladigan amaki bilan hazillashdim va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa qaytarilmaydi. Amakidan va xalqimizdan kechirim so`rayman”, - deydi yigit.

    Boshqa yangiliklar