Tanzaniya janubida 15 kishi noma`lum kasallikdan vafot etdi, 50 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Afrika davlati tibbiyot organlariga tayanib, Anadolu agentligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, noma`lum infeksiya bemorlarda qon ketishi, ko`ngil aynishi va qayt qilishga sabab bo`lmoqda. Hozircha kasallik unchalik keng tarqalmagan. Uning tarqalishi bir ma`muriy tumanda qayd etilgan. Shu bilan birga, barcha bemorlar - asosan erkaklar - oshqozon yarasi va jigar kasalliklari bilan og`riganligi ma`lum bo`lgan. Ularning ko`pchiligiga shifokorlar sigaret va spirtli ichimliklarni tashlashni maslahat berishgan.
Mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi bemorlarda qon testlarini o`tkazishgan. Mutaxassislar simobdan zaharlanish sodir bo`lganligini aniqlash uchun bemorlar ichadigan suv tarkibini ham tahlil qilishmoqda.