Italiya Sisiliya oroli va materik o`rtasida dunyodagi eng uzun osma ko`prik quradi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ko`prik loyihasi qadimgi rimliklar tomonidan o`ylab topilgan. Italiya hukumati tomonidan bu loyiha bir necha bor muhokama qilingan.
Rejaga ko`ra, inshootning uzunligi 3,2 kilometrni tashkil etadi. Qurilish 2024-yilda boshlanadi. Aslida ko`prikni o`tgan yili qurish reja qilingandi. Ammo moliyaviy va geologik muammolar tufayli bu qaror keyinga surilgani ham ma`lum.
Infratuzilma vaziri Matteo Salvinining so`zlariga ko`ra, ko`prik uglerod chiqindilarini kamaytirish, bo`g`oz bo`ylab sayohatni tez va arzonroq qilish hamda mintaqaga sayyohlarni jalb qilishga yordam beradi.